O‘zbekiston | 15:46 / 29.03.2019
40150
2 daqiqa o‘qiladi

FVV Samarqandda yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan holat bo‘yicha ma'lumot berdi

Foto: FVV

Joriy yilning 29 mart kuni soat 04:00da boshlangan yomg‘ir natijasida Samarqand shahrining «Buyuk Ipak yo‘li», «Afrosiyob», «M.Qoshg‘ariy», «Mir Said Baraka», «Obi Rahmat», «Muqimiy», «O‘zbekiston», «A.Temur», «Konimex», «Mulyon-Sochaki bolo» chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

Foto: FVV

FVV xabariga ko‘ra, bundan tashqari, «Zarafshon» MFYdagi 8-uy, «Jomiy» ko‘chasidagi 48-uy, «M.Qoshg‘ariy» ko‘chasidagi 16-uy, 18B-uy, 20-uy, «Mir Said Baraka» ko‘chasidagi 73-uy, «Obi Rahmat» ko‘chasidagi 4-uy, «Muqimiy» ko‘chasidagi 31-uy, «Konimex» ko‘chasidagi 39-uylarning hovlilariga oqova suvlari kirish holatlari qayd etildi.

Foto: FVV

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat ”Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi, deyiladi xabarda.

 

Mavzuga oid