Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 yildagi 226-son qarori bilan Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi. U joriy yilning 17 iyunidan kuchga kiradi, deb yozmoqda Norma.
Hujjat Vazirlar Mahkamasining 16.07.2018 yildagi 538-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan 1979 yildagi Qoidalar o‘rniga ishlab chiqildi.
Qabul qilingan Qoidalar aholi punktlarida joylashgan gaz ta'minoti tizimida, sanoat korxonalarining, qishloq xo‘jaligi korxonalarining va kommunal-maishiy soha tashkilotlarining gaz quvurlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Hujjat bilan quyidagilarni amalga oshirish tartibi belgilangan:
• gaz xo‘jaligi tizimlari obektlarini loyihalash va qurish, ulardan foydalanish;
• avariyalar va baxsiz hodisalarni tekshirish;
• tashqi va ichki gaz quvurlari, nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish va signalizatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashni tashkil etish;
• sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarini gaz bilan ta'minlash va b.
Belgilanishicha, muhandis-texnik xodimlar uchun bilimlarni sinovdan o‘tkazish 3 yilda bir marta, ishchi-xodimlar uchun esa bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Po‘lat va polietilen gaz quvurlarini payvand qilish ishlarini bajarish faqat texnik o‘quv kurslarida o‘qitilgan va attestatsiyadan o‘tkazilgan payvandchilarga ruxsat etiladi.
Hujjat 17.06.2019 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024