Jahon | 16:20 / 30.03.2019
32333
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaradagi okrugni egallab olishdi

Foto: REUTERS

29 mart kuni «Tolibon» harakati jangarilari Afg‘oniston shimoli-sharqiy qismidagi okrugni egallab olishdi. Bu haqda Ariana News telekanali mahalliy rasmiylarga tayangan holda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Badaxshon viloyatidagi Arganj-Xva okrugi egallab olingan.

Ta'kidlanishicha, 20 soat davom etgan to‘qnashuvlar oqibatida afg‘on xavfsizlik kuchlarining 14 nafar xodimi halok bo‘lgan.

Toliblar afg‘on xavfsizlik kuchlari qurollarining bir qismini egallab olishdi, bu ularning majburiy tarzda chekinishidan keyin ro‘y berdi, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, OAV AQSh va toliblar Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishiga kelishib olishgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid