Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela: AQSh razvedkasining faolligi 800 foizga oshdi
Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopesning ma'lum qilishicha, mamlakat chegaralari yaqinida Amerika radioelektron razvedkasining faolligi 800 foizga o‘sgan. Vazirning so‘zlari Lotin Amerikasi davlati Mudofaa vazirligi tvitteri tomonidan keltirildi.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, razvedka AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, uning bildirishicha, jahon ommaviy axborot vositalari razvedka faolligi ortib borayotgani haqida xabar qilmayapti.
«Venesuela suverenitetini buzishga urinishayotganda, hech kim hech narsani aytmayapti», - deya xulosa qildi Lopes.
Bundan oldin, prezident Nikolas Maduro Venesueladagi eng yirik GESga mergan hujum qilganini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap «Guri» GESga hujum haqida ketmoqda, buning oqibatida Venesueladagi 20dan ortiq shtat elektr energiyasiz qoldi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mergan stansiyani uzoqqa otadigan miltiqdan o‘qqa tutgan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026