Jamiyat | 19:28 / 31.03.2019
62523
2 daqiqa o‘qiladi

1 apreldan shifokorlar oylik maoshi oshiriladi

2018 yil 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolangandi.  

Qarorda davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari qayta ko‘rib chiqilgan. 

Unga ko‘ra, ularning oyligi 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar va 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilishi nazarda tutilgandi.

Shuningdek, 1 apreldan boshlab respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini «har bir davolangan holat» uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha va kishi boshiga moliyalashtirish tizimini eksperiment tartibida joriy etilishi belgilangan. Eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini 2020 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etilishi rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, joriy yil 1 iyuldan boshlab

- viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sog‘liqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish, bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pulli asosda amalga oshiriladi;

- ayrim davolash-profilaktika muassasalarini ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari asosida belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish;

- O‘zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid