Sport | 00:59 / 31.03.2019
6556
2 daqiqa o‘qiladi

Chimkent va Toshkent shaharlari orasida do‘stlik velomarafoni o‘tkazildi

Kecha, 30 mart kuni Qozog‘istonda «O‘zbekiston yili» dasturi doirasida Chimkent-Toshkent shaharlari orasida velomarafon o‘tkazildi. Velopoyga Chimkent shahri markazidan start olib Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasigacha bo‘lgan 130 kilometrli masofada tashkil qilindi.

Velomarafonda O‘zbekiston, Qozog‘iston shuningdek, boshqa davlat sportchilari ishtirok etdi.

Bellashuv yakunida qozog‘istonlik Aleksey Sedorenko marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

Chimkent – Toshkent velomarafoni, 130 km.

1-o‘rin: Aleksey Sedorenko (Qozog‘iston)

2-o‘rin: Metyu Rayt (Angliya)

3-o‘rin: Shohruh Yunusov (O‘zbekiston)

Velopoyga yakunida musobaqada ishtirok etgan eng yoshi katta sportchilari ham taqdirlandi. Jumladan, ayollar orasida Svetlana Isayeva (50 yosh) va erkaklardan Xursand Sherovga (61 yosh) turli esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Tadbir a'lo darajada tashkil qilingan. Bojxona va chegara bo‘yicha ham muammo bo‘lmadi. Toshkentga ko‘p kelardim, ammo bunday keng va chiroyli ko‘chalardan, betakror arxitektura ishlaridan birinchi bor bahramand bo‘lyapman. Ommaviy sport tadbirlari insonlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi. Bunday tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga katta xizmat qiladi. Poygada g‘alaba qozonganimdan xursandman va sizlarni ham o‘z yurtimizda o‘tadigan ommaviy sport tadbirlariga chorlab qolaman», – degan musobaqa g‘olibi Aleksey Sedorenko.

Mavzuga oid