TIV xorijga ketayotgan o‘zbekistonliklarga pasport bo‘yicha eslatma bilan chiqdi
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Jasurbek Toshpo‘latov 2019 yilning 25 mart kuni diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.
TIV xabariga ko‘ra, u hisobga qo‘yib berish bahonasida olib qo‘yilgan va qaytarib berilmagan o‘zining milliy pasportini qaytarib olishida yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
O‘rnatilgan tartibdan kelib chiqqan holda 30 mart kuni unga vatanga qaytish guvohnomasi berilgan. Shu bilan birga, u pasportining qonunga xilof tarzda olib qo‘yilgani haqida ariza bersa, mazkur masala Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi, deyiladi xabarda.
Ushbu va shunga o‘xshash boshqa holatlardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi vatandoshlarga hech bir holatda va har qanday vajga qaramay O‘zbekiston fuqarosi pasportini begona shaxslarga bermaslik kerakligini eslatgan.
Mavzuga oid
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024
Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
11:29 / 13.07.2024
Singapur pasporti – «eng kuchli», O‘zbekiston pasporti – 79-o‘rinda
11:03 / 29.04.2024