Jahon | 23:31 / 03.04.2019
16686
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta kruiz layneriga shikast yetdi

Florida Today nashrining xabar berishicha, Oasis of the Seas deb ataluvchi kruiz layneriga Bagam orollarida ta'mirlash vaqtida shikast yetdi. Uzunligi 360 metrni tashkil qiluvchi hashamatli kema ustiga kran tushib ketgan. Ayni vaqtda ziyon qiymati kemasozlik va sug‘urta kompaniyalari tomonidan baholanmoqda.   

Royal Caribbean kompaniyasi kema aprel oxirigacha ta'mirlashda qolishini tasdiqlagan. Oasis of the Seas qurilgan vaqtda eng katta layner hisoblangan. Uning bortiga 7 ming kishi sig‘a olgan. Kemaning o‘lchamlarini Oasis turidagi yangi kema Harmony of the Seas’gina ortda qoldiradi. Uning uzunligi 362 metrni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid