Bu haqda Afrikaning şarqiy sohili yaqinida joylaşgan orollarning turizm, fuqarolik aviatsiyasi, portlar va dengiz taşuvlari böyiça vaziri Se Dide Dogli ma'lum qildi, deb xabar berdi Travel & Leisure naşri.

Ayni vaqtda Seyşelda koronavirusga çaliniş böyiça 11 ta holat qayd etilgan. Biroq sayyohlar dam olgani kelib mamlakatga infeksiya olib kirişlari xavfi mavjud. Biznes vakillari hukumatning bu qarorini qöllab-quvvatlagan. “Kruiz industriyasi butun dunyo böylab koronavirus tarqalişining asosiy katalizatori böldi va hukumat koronavirus örta muddatli istiqbolda körsatişi mumkin bölgan ta'sirni yumşatiş uçun har tomonlama puxta öylangan qaror qabul qildi”, deb aytgan milliy portlar boşqarmasi direktori Ronni Brut.

Avvalroq bir neçta kruiz laynerlarida koronavirus tarqalişi kuzatilgandi.