O‘zbekiston | 17:40 / 03.04.2019
21205
1 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan avtomobillari Belarusga eksport qilindi

Bugun, 3 aprel kuni GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining ilk partiyasini Belarusga eksport qilish uchun yukladi. Belarusga tayyor holda Nexia R3 va R4 modelidagi avtomobillar eksporti amalga oshiriladi.

Avvalroq kompaniya Nexia R3 avtomobillarini Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi «SariarkaAvtoProm» zavodiga yirik uzelli yig‘ish uchun hamda «Ravon Motors Qozog‘iston»ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holda eksport qilgani haqida xabar berilgandi.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Afg‘oniston va Tojikiston qo‘shni davlatlariga ham eksport qilingan.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan faoliyatida 2019 yilni eksport salohiyatini oshirish yili deb e'lon qilgan, shu sababli kompaniya ushbu sohadagi faoliyatini jadallashtirib, eksport bozorlarini qamrab olishda davom etadi.

Mavzuga oid