Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan Qozog‘istonga avtomobillarning dastlabki partiyasini eksport qildi
Foto: GM Uzbekistan
16 mart kuni GM Uzbekistan avtomobillarning dastlabki partiyasini Qozog‘istonga eksport qildi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» xabar bermoqda.
Kompaniya Qozog‘istonning Kostanay shahridagi «SariarkaAvtoProm» zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish uchun SKD holida hamda «Ravon Motors Qozog‘iston»ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi.
«Bundan tashqari joriy yil boshidan buyon kompaniya tomonidan Afg‘oniston va Tojikiston respublikalariga avtomobillar eksporti amalga oshirildi», — deyiladi rasmiy axborotda.
Ma'lum qilinishicha, GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2019 yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e'lon qilgan.
Avvalroq, avtomobil eksporti tushumi yanvar oyida chet elga 200 ming dollarni tashkil etgan ma'lum qilingandi. Bu 2018 yil yanvariga nisbatan 98 foizga kam.
Mavzuga oid
12:29 / 23.01.2026
2025 yilda O‘zbekiston mahsulotlari 75 ta davlatga eksport qilingan
13:16 / 21.01.2026
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026