Jahon | 11:42 / 03.04.2019
6457
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya hukumati korrupsion mojaro tufayli yaxtani 126 million dollarga sotadi

Foto: REUTERS

Malayziya hukumati 1MDB davlat investitsiya fondidagi yirik korrupsiya mojarosi bo‘yicha ishda qayd etilgan yaxtani sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters mamlakat bosh prokuroriga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bitim qiymati 126 million dollarni tashkil etadi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, yaxta mamlakatdan qochib chiqib ketgan moliyachi Jxo Lau va uning sheriklari tomonidan fonddan olingan pullar evaziga sotib olingan aktivlar ichiga kiradi.

Bildirilishicha, Lau kema uchun taxminan 260 million dollar to‘lagan. Yaxtaning ichki qismi oltin va marmar bilan bezatilgan. Unda spa-salon, sauna, suzish havzasi, kinoteatr va vertolyot maydonchasi joylashgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid