Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda ikki «Neksiya» to‘qnashuvi oqibatida bir yo‘lovchi vafot etdi
Illyustrativ foto
2019 yil 27 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida vaqtincha yashovchi M.Yu. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini Tazgara ovuli hududidan o‘tuvchi “Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir” yo‘lining 58-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro D.P. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada haydovchilar D.P. va M.Yu. hamda M.Yu. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi G.K. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchi G.K. vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026