Jamiyat | 12:09 / 05.04.2019
4199
2 daqiqa o‘qiladi

Harbiy xizmatchilar beg‘araz donorlik aksiyasida qatnashdi

Poytaxtda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan “Biz sen bilan, bolajon!” shiori ostida ibratli tashabbus o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mazkur aksiya tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish va fuqarolarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemor bolalar hayotini saqlab qolishga qaratilgan. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Respublika qon quyish markazi mutaxassislarining mobil guruhi 4—5 aprel kunlari Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida bo‘lishib, poytaxt hududida xizmat qilayotgan bir guruh ko‘ngilli harbiy xizmatchilar hamda ishchi-xizmatchilar oqqon kasalligiga chalingan bemor bolalarni sog‘lomlashtirishda qonning o‘rni katta ekanligi sabab ular uchun hayot manbai berishdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ikki kun davom etgan aksiya doirasida yuzlab harbiy xizmatchilar o‘z xohishi bilan donorlik qonini topshirdilar. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu xayriya aksiyasida yurtimizdagi barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Ulardan faqatgina quyidagi talablarga mos kelish talab qilinadi, xalos: 

1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi.
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste'mol qilmasligi.
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste'mol qilmasligi.
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi.
5. Sariq kasalga chalinmaganligi va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi. 

Mavzuga oid