Jahon | 23:15 / 05.04.2019
7447
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon bankiga yangi prezident saylandi

Foto: AP Photo/ Evan Vucci

AQSh moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Melpas 5 aprelda Jahon bankining yangi prezidenti etib saylandi. Melpas o‘z majburiyatlarini 9 apreldan bajarishni boshlaydi. Melpasni bu lavozimga AQSh prezidenti Donald Tramp taklif qilgandi.

Yaqin 5 yil davomida yangi prezident jahon banki guruhining barcha tashkilotlariga, jumladan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot xalqaro bankiga boshchilik qiladi. Melpas yangi lavozimga yagona nomzod bo‘lgan.

Jahon bankining avvalgi rahbari Jim Yon Kim tashkilotni muddatdan avval 1 fevralda tark etgandi. Uning vakolatlari 2022 yilda tugashi kerak edi.  

Jahon banki prezidenti direktorlar kengashining yig‘ilishlarida raislik qilib, bankning umumiy rahbariyati uchun javob beradi. Odatga ko‘ra, Jahon banki prezidenti bankning eng yirik aksiyadori bo‘lgan AQShning fuqarosi bo‘ladi. Prezident 5 yillik muddatga saylanadi va yana qayta saylanishi mumkin.  

Mavzuga oid