Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Qoidalar radioaktiv va biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv obektlariga oqizib yuborish bilan bog‘liq ishlar sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga keltiriladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish rejali va rejadan tashqari bo‘lishi mumkin. Bunda, maishiy chiqindilarni:
rejali olib chiqib ketish – qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvaliga muvofiq;
rejadan tashqari olib chiqib ketish – suyuq maishiy chiqindilar, yirik gabaritli maishiy chiqindilar, chorvachilik chiqindilari, qurilish chiqindilari, tuproq, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va smyot iste'molchilarning buyurtmasi yoki alohida shartnoma asosida, to‘lov evaziga amalga oshiriladi.
Qattiq maishiy chiqindilarning uzluksiz tashib ketilishini tashkil qilish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriy muddatlarini belgilash;
maxsus transport vositalari (chiqindi tashish mashinalari)ning harakat yo‘nalishlarini belgilash;
maxsus transport vositalarining ekipajiga texnika, sanoat va yong‘in xavfsizligi, shuningdek, ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari bo‘yicha instruktaj va tushuntirishlar berish;
ishchi xodimlarni belgilangan tartibda va normalar bo‘yicha maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa jamoaviy, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta'minlash;
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinishi yuzasidan monitoring (shu jumladan maxsus transport vositalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda) yuritish hamda hisobini olib borish.
Maxsus transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan yo‘nalish xaritasi va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali tuziladi.
Yo‘nalish xaritasi va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvalida chiqindilar tashib ketiladigan obektlarning (chiqindi to‘plash shoxobchalari va tashkilotlar) manzillari hamda maxsus transport vositalarining chiqindilar tashib ketiladigan obektlarga yetib borish masofasi va vaqti ko‘rsatiladi.
Qattiq maishiy chiqindilar “signal” usulida olib chiqiladigan hududlarda yo‘nalish xaritasi va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvalida ko‘chalarning nomlari ko‘rsatiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot maxsus transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini ishlab chiqishda quyidagi ma'lumotlarga asoslanishi zarur:
xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan obektlarning va hududlarning batafsil tavsifi;
obektlar bo‘yicha chiqindilarning to‘planish hajmlari;
hududdagi yo‘llarning texnik holati;
ko‘chalardagi transport va yo‘lovchilar harakatining serqatnovligi;
chiqindilarni zararsizlantirish hamda qayta ishlash obektlari haqidagi umumiy ma'lumotlar;
har bir hududdagi konteynerlarning umumiy soni va hajmlari;
chiqindilarni yuklash va tushirish ishlariga talab etiladigan vaqt birliklari.
Maxsus transport vositalarining harakat yo‘nalishlari ishlab chiqilishida quyidagilar inobatga olinadi:
chiqindi tashish texnikalari tomonidan yo‘l yurishdan foydalanish koeffitsiyentining maksimal darajasiga erishish;
chiqindi tashish texnikalarining yuk ko‘tarish imkoniyatidan foydalanish koeffitsiyentining maksimal darajasiga erishish;
transport harakati serqatnov ko‘chalardan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini sutkaning tungi paytlarida amalga oshirish;
maishiy chiqindilarni olib chiqib ketilishida turarjoy obektlari va noturarjoy obektlari yo‘nalishlarini birlashtirish;
har bir yo‘nalishni imkon qadar shahar markazidan maishiy chiqindilarni qayta yuklash yoki zararsizlantirish obektlariga olib boruvchi eng maqbul yo‘nalish bo‘yicha belgilash;
kuzovli maxsus transport vositalaridan foydalanilganda yo‘nalishni kuzovning sig‘imi to‘liq band bo‘lgunga qadar uzaytirish imkoniyatlari.
Chiqindilarni qayta yuklash va zararsizlantirish obektlari bir nechta bo‘lganda, maxsus transport vositalarini mazkur obektlarga biriktirishda ulardan foydalanish samaradorligini hisobga olish lozim.
Maxsus transport vositalarining harakat yo‘nalishlari chiqindilar tashib ketiladigan obektlar yoki ularda to‘planadigan chiqindilar miqdori, xizmat ko‘rsatiladigan hududda maxsus transport vositalarining harakatlanish shart-sharoitlari o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot maxsus transport vositalarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan holda yo‘nalishga chiqarishi kerak.
Maxsus transport vositalarini yo‘nalishga chiqarishdan oldin:
haydovchilarning kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tishini;
maxsus transport vositalarining texnik sozligi, sanitariya holati va tashqi ko‘rinishi ko‘zdan kechirilishini ta'minlash lozim.
Maxsus transport vositalarini yo‘nalishga chiqarishda haydovchining yonida quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
haydovchining tibbiy ko‘rikdan, transport vositasining navbatchi mexanik tomonidan kunlik texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida qayd etilgan yo‘l varaqasi;
mazkur transport vositasi turini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
transport vositasining texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonni;
yo‘nalish xaritasi va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali.
Mavzuga oid
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026
Bo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
11:35 / 02.04.2026
Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi
12:23 / 25.03.2026