O‘zbekiston | 10:00 / 05.04.2019
20978
2 daqiqa o‘qiladi

Mubin Mirzayev: «Yandex-taksi» deyarli soliq to‘lamayapti

Foto: Xalqaro press klub

3 aprel kuni Xalqaro Press-klubning «O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili» mavzusida sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda yo‘lovchi tashish sohasidagi yechimini kutayotgan muammolar, yangiliklar, istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.

Sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning ma'lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda, xususan poytaxt Toshkentda juda ommalashayotgan «Yandex-taksi» servisi amalda deyarli soliq to‘lamayapti. Hozir bu masalani yechish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bu servis hozirgi kunda 10 mingdan ortiq avtomobilni qamrab olgani aytilsa-da, amalda poytaxtdagi lisenzion taksilar soni 5 mingta atrofida.

Tadbir davomida bildirilishicha, 2018 yil davomida noqonuniy odam tashish faoliyatiga qarshi kurash doirasida jami 15 393 marta reyd o‘tkazilgan, bu reydlar davomida 56028ta ma'muriy bayonnoma tuzilgan va huquqbuzarlardan jami 26 mlrd 238 mln so‘m jarima undirilgan.

Foto: Xalqaro press klub

Transport vazirligi departament boshlig‘i Ruslan Ro‘zmetovning ma'lum qilishicha, nolegal taksichilar reydlar davomida aniqlanganda, ularga nisbatan bayonnomalar tuziladi va bu bayonnomalar chora ko‘rish uchun sudga oshiriladi. Sudda avtomobil egalariga yana bir marta imkoniyat beriladi – bir oy davomida o‘z faoliyatini qonuniylashtirsalar, jarima qo‘llanilmaydi.  

Mavzuga oid