Özini özi band qiluvçilar röyxatidan öçiriladigan 34 xil faoliyat turi qaysi asoslarga köra tanlab olindi, nega novvoyga mumkin-u, sartaroşga mumkinmas? Kun.uz'ning bu savoliga javoban, Soliq qömitasi raisi örinbosari barçaga teng şaroit yaratiş zarurligini aytdi. Uning sözlariga köra, röyxatni qayta körib çiqişda bu iş bilan şaxsning yakka özi şuğullana oladimi-yöqmi, degan mezondan kelib çiqilgan.
2026 yil 1 yanvardan boşlab özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari 104 tadan 72 taga qisqaradi. Sartaroşlik, foto-video xizmatlari, avtomobil ta’mirlaş, dehqon bozorlarida savdo qiliş, şirinlik va salat tayyorlab sotiş, gid-tarjimonlik, rieltorlik, kopirayterlik, repetitorlik kabi 34 toifadagi faoliyat turlari röyxatdan çiqariladi.
Xöş, bu 34 toifa qaysi asoslarga köra tanlab olindi? Kelasi yildan boşlab özini özi band qiliş nega misol uçun, novvoyga mumkin böladi-yu, sartaroşga mumkin bölmaydi?
Kun.uz muxbiri AOKAdagi matbuot anjumanida Soliq qömitasi mas’ullariga şu savol bilan yuzlandi.
“Özini özi band qilganlar böyiça keng röyxatni şakllantirgandik. Bu respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatini töliq legallaştiriş maqsadida qilingan edi. Biz bu natijaga erişdik. Ya’ni 4 mln nafardan ortiq fuqaro özini özi band qilib, Soliq mobil ilovasida röyxatdan ötgan holda faoliyat körsatişni boşladi. Bu quvonarli raqam”, dedi Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev.
Uning sözlariga köra, ikkinçi masala – tadbirkorlar uçun teng şaroitlar yaratib beriş. Ularning “noqonuniy yölga kirmasligini ta’minlaş maqsadida” röyxat qisqartirilyapti.
“Bizning maqsadimiz, birinçi navbatda soliq tuşumlari emas. Eng asosiy ustuvor vazifa – bir xil toifadagi tadbirkor uçun teng şaroit yaratib beriş. Ya’ni tadbirkorlar rivojlanişi kerak. Rivojlanişga tösqinlik qilindimi, uni töğrilaşimiz lozim. Tadbirkorlar notöğri yölga kirmasligi uçun şu iş qilinyapti.
Faraz qilaylik, bitta savdo dökoni bor, u yakka tadbirkor sifatida röyxatdan ötyapti. Yonidagi dökon egasi esa özini özi band qilgan. Bittasi soliq tölaydi, bittasi tölamaydi. Ikkalasiga 2 xil şaroit bölgandan keyin, raqobat muhitini buzadi, işlaş imkoniyatini bermaydi. Biz şuning röyxatini şakllantirdik, özini özi band qilganlar şu işni bir özi qilişi mumkin, unga 2-3 nafar odam şartmas. Bu röyxat xufiyona iqtisodiyot böyiça muhokamada turibdi”,















