Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik dzyudochi Antaliyada shohsupaga ko‘tarildi
Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha gran-pri musobaqasi boshlandi. Turnir 5-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bugun dastlabki kun bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda 60 va 66 kggacha yengil vazndagi sportchilar tatamiga tushishdi.
60 kggacha vazn toifasida O‘zbekistondan ikki nafar dzyudochi bahslarda ishtirok etdi. Doston Ro‘ziyev uchinchi davradayoq musobaqa bilan xayrlashgan bo‘lsa, ikkinchi ishtirokchi Komron Nurillayev finalgacha yo‘lni bosib o‘tdi.
Nurillayev finalda qozog‘istonlik tajribali dzyudochi Yeldos Smetov bilan bellashdi. Qiyin kechgan bahsda tajribali Yeldosning qo‘li baland keldi.
66 kggacha vazn toifasida ishtirok etgan Shahram Ahadov musobaqani erta yakunlashiga to‘g‘ri keldi. U ikkinchi davrada polshalik M.Poliakka yutqazib qo‘ydi.
Mavzuga oid
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
11:25 / 26.11.2024