Soçidan uçgan Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasining Sukhoi Superjet 100 (SSJ) bortida sönggi 3,5 yil içida 15 ta aviahodisa sodir böldi, ulardan uçtasi kuzda röy bergan. Bu haqda 25 noyabr, duşanba kuni "Agenstvo. Novosti" xabar qildi.

RA-89085 raqamli samolyot 2017 yilning fevral oyida foydalanişga topşirilgan. 2021 yil mart oyidan beri Aviaincident va "Aviatorşçina" Telegram-kanallari layner bilan boğliq 15 ta hodisa haqida xabar bergan.

Şunday qilib, 7 sentabr kuni maşina texnik sabablarga köra uçiş-qöniş yölagidan töxtaş joyiga qaytarildi, 28 sentabrda samolyot dvigatel tebranişi kuçayganligi sababli parvozni töxtatdi, 16 oktyabrda esa SSJ gidravlik tizimning işdan çiqişi tufayli majburiy qöniş paytida şassini şikastladi.

Superjet 100 samolyoti Antalya aeroportiga qönganidan söng yonib ketdi

Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasining Soçidan uçgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti Turkiyaning Antaliya şahri aeroportiga qönganidan söng yonib ketdi. 24 noyabr, yakşanba kuni sodir bölgan voqeani Rosaviatsiya matbuot kotibi Artem Korenyako özining Telegram'dagi kanalida tasdiqladi.

Keyinroq u Rossiyaning Antalyadagi boş konsulligiga tayangan holda aniqlik kiritişiça, hodisa oqibatida samolyot yölovçilaridan heç biri jabrlanmagan. Samolyot komandiri yölovçilarni maxsus traplar yordamida evakuatsiya qilişga qaror qildi. Aviakompaniya qurbonlar yöqligini tasdiqladi. Uning qöşimça qilişiça, "Azimut" ortga qaytiş uçun zaxira samolyot tayyorlamoqda. Turkiya Transport vazirligi ma’lumotlariga köra, samolyotda 95 kişi bölgan. Antalya aeroporti bortda 91 kişi bölganini ma’lum qildi.

Korenyakoning sözlariga köra, kemadagi yonğin Turkiya aeroportining qutqaruv guruhi tomonidan tezda öçirilgan.

AirportHaber Turkiya aviatsiya portali xabariga köra, Superjet 100 dvigateli yonib ketgan. Mash Telegram-kanalining yozişiça, samolyot qöniş vaqtida çap qanoti bilan uçiş-qöniş yölagiga urilgan bölişi mumkin.

Aviakompaniya ma’lumotlariga köra, Superjet kuçli yomğir va şamol tufayli noqulay ob-havo şaroitida qattiq qönganidan söng yonib ketgan.