Poroshenko va Zelenskiy o‘rtasidagi debatlarga chiptalar sotish taklif qilindi
Ukrainalik siyosatshunos Ruslan Bortnik Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar Vladimir Zelenskiy va Pyotr Poroshenko o‘rtasidagi debatlarga chiptalar sotishni taklif qildi. U bu taklifni NewsOne efirida bildirgan.
“Bu duet uchun ming grivnadan bemalol olish mumkin. Odamlar bunda bajonidil ishtirok etadilar. Bunday tadbirlarga xos tarzda suratlar, parallel ravishda xot-doglar sotish mumkin. O‘rtani qizdirish uchun albatta “Okean Elza”dan Svyatoslav Vakarchukni taklif qilish kerak”, deb aytgan Bortnik.
3 aprelda Zelenskiy Poroshenkoni mamlakatdagi eng katta stadion “Olimpiyskiy”da debatlar o‘tkazishga chaqirgan. Poroshenko bu taklifni qabul qilgan. Zelenskiy debatlar moderatori roliga prezident saylovlarining 1-bosqichidan o‘ta olmagan Yuliya Timoshenkoni taklif qilgan.
Saylovlarning 1-bosqichi 31 mart kuni bo‘lib o‘tdi, 2-bosqich esa 21 aprelga belgilangan.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
08:30 / 07.11.2024