Zelenskiy Timoshenkoga Poroshenko bilan debatlarda hakam rolini bajarishni taklif qildi
Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod, shoumen Vladimir Zelenskiy prezident saylovlarining 2-bosqichiga o‘ta olmagan Yuliya Timoshenkoga Pyotr Poroshenko bilan debatlarda hakam bo‘lishni taklif qildi.
“Pyotr Poroshenko chaqirig‘imni qabul qildi, u gaplashish ohangini keskin o‘zgartirdi. Xo‘sh, janob prezident, sizning epsiz uzrlaringizni qabul qilaman, men kamtar odamman. Ukraina fuqarolarining uchdan biriga kelsak, ularning o‘zi hal qilsin. Ushbu debatlar Ukrainani birlashtirish va butun dunyoga erkin demokratik davlat sifatida dovrug‘ini yoyish uchun imkoniyatdir”, deb aytgan Zelenskiy Facebook’da joylashtirilgan videoda.
“Pora berish, ig‘volar, ma'muriy bosimdan qochish uchun debatlarni o‘tkazishda mustaqil hakam va boshlovchi roliga Yuliya Timoshenkoni belgilashni taklif qilamiz. Siz 1-bosqichda 3-o‘rin egalladingiz va nomzodlardan birortasini qo‘llab-quvvatlamadingiz. Siz debatlarda halol qoidalar va teng imkoniyatlar kafili bo‘la olasizmi?”, deb yuzlangan Zelenskiy Timoshenkoga.
Shoumen Timoshenkodan ushbu taklifga javobni 24 soat ichida kutib qolishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
00:15 / 09.11.2024
Axios: Ilon Mask Trampning Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ishtirok etgan
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024