O‘zbekiston | 10:40 / 07.04.2019
38669
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi ko‘chki oqibatida ishdan chiqqan temiryo‘l to‘liq qayta tiklandi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 6 aprelga o‘tar kechasi yuk poyezdining og‘irligini ko‘tara olmay, temiryo‘l ostidagi tuproq cho‘kkan joyda qayta tiklash ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi ma'lum qildi.

«Shikastlangan temir yo‘lning ustki qismini tiklash va mustahkamlash ishlari yakunlandi va po‘lat izlar to‘liq tiklandi», — deyiladi kompaniya Axborot-tahliliy media markazi axborotida.

6 aprel kuni tinimsiz va kuchli yomg‘irlar sabab yuz bergan ko‘chki oqibatida temiryo‘lning 50—60 metrlik qismida tuproq 2,5—3 metrga cho‘kkani xabar qilingandi.

Harakatlanuvchi tarkib ikkita elektrovoz va 56ta vagondan iborat bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlangan shaxslar yo‘q, vagonlar shikastlanmagan.

Foto: Telegram

Tabiiy ofat oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida kompaniya boshqaruvi raisi v.b. Husnitdin Hosilov boshchiligidagi «O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbariyati delegatsiyasi voqea joyiga yetib borgan.

Foto: Telegram
Foto: Telegram

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid