Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parom Braziliyadagi ko‘prikning qulashiga olib keldi
6 aprelda Braziliyaning Para shtatidagi Moju daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi qulab tushdi.
Shtat gubernatori Xelder Barbaloning aytishicha, ko‘prik balandligi 200 metr keladigan markaziy ustuniga parom kelib urilgandan keyin qulab tushgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, daryoga ko‘prikdagi ikki atomobil ham tushib ketgan. Gubernatorning ta'kidlashicha, bunday baxsiz hodisa birinchi marta yuz bermayapti.
“Hozir bizning asosiy vazifa qurbonlarni topish va ularning oilalariga ko‘mak ko‘rsatishdan iborat”, deb aytgan Barbalo.
Primeiros registros que temos sobre a queda da terceira ponte do Moju. Vou informando vocês por aqui. Neste momento sobrevoando a área com Cel. Dilson da PM, Cel. Hayman e o secretário de Segurança Ualame Machado. pic.twitter.com/OkKRMZRjBq
— Helder Barbalho (@helderbarbalho) April 6, 2019
Qutqaruvchilarning ma'lum qilishicha, voqea joyida qayiq ekipajining na biror a'zosi, na hujjatlar topilgan. Hududda favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
Ta'kidlanishicha, Moju ustidan o‘tuvchi ko‘prik mamlakatning fermer tumanlarini shimoliy portlar bilan bog‘lovchi bosh yo‘lda joylashgan. Har kuni u orqali katta miqdorda jo‘xori va soya tashilgan. Ma'lum qilinishicha, ko‘prikning tiklanishiga yillar ketishi mumkin.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026