Sport | 08:49 / 08.04.2019
4057
4 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. 2-5-o‘rinlardagi barcha jamoalar yana ochko yo‘qotishdi

Foto: AFP/Getty Images

Yakshanba kuni A Seriyada 31-turning 6ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda borayotgan «Napoli», «Inter», «Atalanta» va «Latsio» klublari ochko yo‘qotdilar.

«Yuventus»ning eng yaqin ta'qibchisi «Napoli» o‘z uyida «Jyenoa»ni yenga olmadi – 1:1. Oqibatda chempionat tugashiga 7ta tur qolganda Turin va Neapol klublari o‘rtasidagi ochkolar farqi 20taga yetdi – «Yuve» bundan bir kun oldin «Milan»ni mag‘lub etgandi – 2:1. Shu tariqa, «keksa sinora» qatorasiga 8-marta skuddetoni qo‘lga kiritishi uchun «Napoli» bilan oradagi hozirgi tafovut yana bir ochkoga oshishi kifoya.

Turning markaziy o‘yinlardan yana biri «San-Siro»da, 3-4-o‘rinlardagi «Inter»va «Atalanta» o‘rtasida kechdi va unda hisob ochilmadi. Natijada jamoalar o‘rtasidagi besh ochkolik farq saqlanib qoldi, o‘z navbatida «Inter»dan «Napoli»gacha bo‘lgan 7 ochkolik masofa ham o‘zgarmadi.

6 aprelda, shuningdek, YeChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Latsio» ham yana ochko yo‘qotdi. O‘tgan turda quyi o‘rinlardagi SPALga yutqazib qo‘ygan rimliklar o‘z maydonlarida «Sassuolo» bilan durang qayd etishdi. 53-daqiqada Immobile penaltidan hisobni ochdi, ammo «Sassuolo» mezbonlarning ushbu goliga tezkorlik bilan javob qaytardi – 57-daqiqada Rojyerio muvozanatni tikladi. Mehmonlar 89-daqiqada Berardining goli bilan hisobda oldinga chiqib olishganiga qaramay, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 5-daqiqada Senald Lulich «Latsio»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Bugun «Bolonya»–«Kevo» o‘yini bilan 31-turga yakun yasaladi.

Italiya chempionati
31-tur, 7 aprel
Fiorentina – Frozinone 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 84 Chiofani.

Udineze – Empoli 3:2 (3:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 11 Kaputo, 1:1 – 14 de Paul, 1:2 – 24 Krunich, 2:2 – 41, penalti de Paul, 3:2 – 45 Mandragora.
Chetlatish: Zegelar (63, Udineze).

Kalyari – SPAL 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Farago, 1:1 – 18, penalti Antenuchchi, 2:1 – 60 Pavoletti. 

Inter – Atalanta 0:0
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Miranda, Shkrinyar, Asamoa, Galyardini (Valero, 66), Brozovich (Nainggolan, 23), Politano (Keyta Balde, 77), Vesino, Perishich, Ikardi.
Atalanta – Gollini, Manchini, Gimshiti, Palomino (Masello, 62), Xatebur, de Ron, Froyler, Kastan, Pashalich (Barrou, 74), Ilichich (Pessina, 82), Gomes.
Ogohlantirishlar: Gollini (2), Manchini (63), Politano (73).

Latsio – Sassuolo 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 53, penalti Immobile, 1:1 – 57 Rojyerio, 1:2 – 89 Berardi, 2:2 – 90 Lulich.
Latsio – Strakosha, Gabarron, Acherbi, Radu, Marushich, Parolo (Milinkovich-Savich, 69), Badel (Leyva, 80), Luis Alberto, Lulich, Immobile, Kaysedo (Korrea, 63). 

Napoli – Jyenoa 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 34 Mertens, 1:1 – 45+3 Lazovich.
Napoli – Karnezis, Xyusay (Una, 87), Maksimovich, Kulibali, Gulyam (Mariu Ruy, 76), Kalexon, Fabian Ruis, Allan (Insine, 67), Zelinski, Mertens, Milik.
Jyenoa – Radu, Pedru Pereyra, Biraski, Gyunter, Krishito, Lazovich, Sturaro, Velozu (Radovanovich, 77), Bessa (Petssella, 82), Pandev (Rolon, 62), Kuame.
Ogohlantirishlar: Allan (24), Xyusay (67).
Chetlatish: Sturaro (28).

8 aprel
23:30. Bolonya – Kevo

Mavzuga oid