Jahon | 08:05 / 08.04.2019
5608
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh ichki xavfsizligi vaziri iste'foga ketdi

Foto: Mandel Ngan / AFP/Getty Images

AQSh ichki xavfsizligi vaziri Kirsten Nilsen iste'foga ketdi, uning vazifasini Kevin Makalinan vaqtinchalik bajaradi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi. 

“Ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen o‘z lavozimini tark etadi, unga xizmati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”, deb yozgan Tramp tvitterda.

“Bojxona-chegara xizmatining amaldagi rahbari Kevin Makalinan ichki xavfsizlik vaziri vazifasini bajarishini e'lon qilishdan xursandman. Ishonchim komilki, Kevin a'lo darajada ishlaydi”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. 

Nilsen ichki xavfsizlik vaziri lavozimini 2017 yil oxirida egallagan. Uning iste'foga chiqarilishi haqidagi gaplar ancha vaqtdan beri yurgan. Matbuot Tramp Nilsenning noqonuniy migratsiyaga qarshi sa'y-harakatlaridan ko‘ngli to‘lmayotgani haqida bir necha marta yozgan.

OAV, shuningdek, Tramp Nilsen immigratsiya-bojxona politsiyasi rahbari lavozimiga Ronald Vitiyello nomzodini qo‘llab-quvvatlaganidan ham norozi bo‘lganini yozgan. Tramp Vitiyello nomzodini senatda tasdiqlanishigacha qaytartirib olgan.

Mavzuga oid