Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela oltinlarini sotishda davom etmoqda – OAV
Venesuela hukumati xorijga yirik partiyadagi oltinni sotishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, mamlakatning markaziy banki omboridan umumiy og‘irligi 8 tonnani tashkil qiluvchi oltin sotish uchun olib chiqilgan.
Karakas 2019 yilning o‘zida 30 tonnaga yaqin oltinini sotib yuborgan va hozirda mamlakatning oltin zaxirasi 100 tonnaga yaqinni (4 mlrd dollarlik) tashkil qilmoqda.
Axborot agentligi tayanayotgan manbaga ko‘ra, Karakas oltinini shunday sur'atlarda sotadigan bo‘lsa, yil oxirigacha hech narsasiz qolishi mumkin. Uning tushuntirishicha, Venesuela AQSh sanksiyalari sababli oltinini sotishga majbur bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026
Venesueladagi dahshatli zilzila: qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, yuzlab binolar vayron bo‘lgan
14:54 / 25.06.2026