Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda tarixdagi eng katta ko‘lamli va eng qimmat saylovlar boshlandi
Foto: REUTERS
11 aprelda Hindiston parlamenti quyi palatasi – Lok sabxuga saylovlarning 1-bosqichi 20 ta shtatda va mamlakat bilan qo‘shni hududlarda boshlandi.
Mutaxassislarning prognoziga ko‘ra, jahon tarixida eng katta ko‘lamli bo‘lishi kutilayotgan saylovlarda 900 mlnga yaqin hindistonlik ishtirok etadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, saylovlarning o‘tkazilishi mamlakatga 7 mlrd dollarga tushadi. Bu esa ushbu saylovlarni tarixdagi eng qimmatiga aylantiradi.
Ovoz berish 29 shtat va 7 ta ittifoqdosh hududda 11 apreldan 19 maygacha 7 bosqichda o‘tadi. Saylovchilar ko‘pligi sababli ovozlarni hisob-kitob qilish 23 maydagina yakunlanishi kutilmoqda. Saylovlarni tashkillashtirishda 11 mln kishi, jumladan turli lavozimdagi 5 mln amaldor va politsiyachi ishtirok etmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab 1 mlndan ko‘proq saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatadi.
Saylovlarda asosiy kurash ikkita siyosiy kuch: amaldagi bosh vazir Narendra Modi tomonidan boshqariluvchi hukmron “Bxaratiya janata parti” va Hindistonning eng nufuzli klani Neru-Gandi vakili Raxul Gandi boshchiligidagi “Hind milliy kongressi” o‘rtasida kechishi aytilmoqda. Asosiy intriga Modi partiyasi 2014 yildagi muvaffaqiyatni qaytarib, Modi qatorasiga ikkinchi muddatga bosh vazir kursisini egallay olishi-yo‘qligidan iborat.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025