Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Global Muslim Travel Index 2019 reytingida yuqoriladi
2019 yilning aprel oyida taqdim etilgan Jahon halol turizm reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Top-20 ro‘yxatidan o‘rin olgan. Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari orasida esa Top-10 ro‘yxatiga kiritilgan.

Global Muslim Travel Index 2019 hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston ziyorat turizmi bo‘yicha 18-o‘rinda (2018 yilda - 32 o‘rinda bo‘lgan). Yetakchilik - Malayziya, Indoneziya va Turkiya mamlakatlarida. Bulardan tashqari, ro‘yxatda Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Marokash, Baxrayn, Ummon, Bruney, Iordaniya, Eron, Misr, Kuvayt, Tunis, Pokiston, Jazoir, Livan, Bangladesh, Maldiv ham qayd etilgan. Qozog‘iston va Ozarboyjon esa O‘zbekistondan keyin 19- va 20-o‘rinlarni egallagan.

Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari reytingida esa O‘zbekiston 9-o‘rinni egallagan. Ilk uch o‘ringa Saudiya Arabistoni, Turkiya va Marokash munosib ko‘rilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan Malayziya, Bahrayn, BAA, Qozog‘iston, Eron va Indoneziya mamlakatlari ham joy olgan.

Global Muslim Travel Index 2019 reytingini tuzishda mamlakatlarning iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va ko‘rsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan.
Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Yaqinda Buxoro shahrida o‘tkazilgan hamda dunyoning turli davlatlari vakillarini o‘zida jamlagan I Xalqaro ziyorat turizmi forumi shular jumlasidandir.
Mavzuga oid
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
15:02 / 28.11.2025
Intellektual mulk sohasida tadbirkorlar reytingiga oid yangi tartib joriy etiladi
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
14:30 / 26.11.2025