Markaziy bank naqd chet el valutasi savdosi bo‘yicha ma'lumot berdi
Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi «Valutani tartibga solish to‘g‘risida» gi qonunning loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati Kun.uzʼga ma'lum qiladi.
Mazkur qonun loyihasi qabul qilingandan so‘ng, jismoniy shaxslarga naqd chet el valutasini sotish masalasi ko‘rib chiqilishi ham kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, amaldagi qonunchilik normalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan naqd chet el valutasini sotish hamda sotib olish tartibi barqaror yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
2018 yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valutani mobil ilovalar orqali onlayn sotib olish amaliyoti hamda xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valutani tijorat banklari tomonidan naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etilgandi.
Mavzuga oid
18:22
Hakerlar Uganda Markaziy bankidan salkam 17 mln dollar o‘g‘irladi
12:56
Bitta shaxs nomiga beriladigan kartalar sonini cheklash rejalashtirilyapti
15:16 / 24.11.2024
Farg‘onada noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
11:56 / 11.11.2024