Markaziy bank bitta foydalanuvçiga rasmiylaştiriladigan bank kartalari sonini çeklaşi mumkin. Bu haqda 26 noyabr kuni bölib ötgan media-muloqotda MB raisi örinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Hamrayevning aytişiça, hozirda Özbekistonda fuqarolarning bitta pasportga oçişi mumkin bölgan bank kartalari soni qonuniy jihatdan çegaralanmagan. Buning oqibatida ayrim mijozlar öz nomiga bir neça yuzlab karta oçib olgan.

«Bunday kartalardan firibgarlar pul mablağlarini özlaştiriş sxemalarida foydalanayotgani ham aniqlandi. Markaziy bank mutaxassislari maqbul yeçim topiş uçun mazkur masalani tahlil qilişyapti», dedi u.

Regulyator rasmiysi kartalar sonini neçtagaça çeklaş taklif qilinayotgani haqidagi savolga aniq javob bermadi.