Jamiyat | 15:02 / 12.04.2019
11563
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi 

Foto: Pixabay

15 aprel kuni kunduzgi soat 9:00dan 16 aprelga qadar 24 soat davomida “Suvsoz” DUK tomonidan suv ta'minoti quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim hududlarda suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Yunusobod tumanida:

— Laylakobod ko‘chasida
— Majid Bahodirxonov ko‘chasida
— Girgir tepa ko‘chasida
— Injaobod ko‘chasida
— Firdavsiy ko‘chasida
— Firdavsiy 1, 2, 3, 4, 5 va 6 tor ko‘chalarida
— Qo‘rg‘on 5 tor ko‘chasida
— T.Alimov ko‘chasida
— Shivli ko‘chasida
— Qozitarnov ko‘chasida
— Qozitarnov 2 tor ko‘chasida
— Qo‘rg‘on ko‘chasida
— Ming o‘rik ko‘chasida
 
Mirzo Ulug‘bek tumanida:

— Oqqo‘rg‘on ko‘chasining KAXYdan Mustaqillik ko‘chasigacha bo‘lgan qismida
— Osiyo ko‘chasining Oqqo‘rg‘on ko‘chasidan K.Niyozov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida
— Oqqo‘rg‘on 1,2,3,4,5 va 6 tor ko‘chalarida
— Geologlar ko‘chasida
— Beshog‘aynilar ko‘chasida
 
Olmazor tumanida:

— Chustiy mahallasida
— A.Navoiy mahallasida
— “Chig‘atoy darvoza” mahallasida
— “Qo‘shtut” mahallasida
— “Guzarboshi” mahallasida
— “Eski shahar” mahallasida
— B-3 dahasida
 
Shayxontohur tumanida:

— “Bog‘ ko‘cha” mahallasida
— Huvaydo mahallasida
— Ilg‘or mahallasida
— “Gulobod” mahallasida
 
Suv ta'minoti to‘xtatilishi haqida savollar yuzaga kelsa, quyida keltirilgan raqamlarga murojaat qilish mumkin: 78-150-69-66, (99871) 252-55-78, 256-10-95, 252-60-08, 252-60-48.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid