Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. Quvlashmachoq davom etadi. «Liverpul» «Chelsi»ni yengib, yetakchilikka qaytdi
APL 34-turining markaziy bahsi yakunlandi. O‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qilgan «Liverpul» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 85 taga yetkazib, yana birinchi o‘ringa qaytdi.
O‘yinda hisobni 51-daqiqada Sadio Mane ochgandi. Ikki daqiqa o‘tib esa Muhammad Saloh fantastik goli bilan o‘yinga nuqta qo‘ydi. «Liverpul» 34-turdan so‘ng «Manchester Siti»dan bitta o‘yin ko‘proq o‘tkazgan holda yetakchilik qilmoqda. «Shaharliklar»ning qoldirilgan o‘yini «MYu»ga qarshi kechadi.
APL. 34-tur
LIVeRPUL – CheLSI 2:0
«Enfild», 53 279 tomoshabin.
Gollar: Mane (51), Saloh (53).
Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Roberson, Fabino, Henderson (Milner, 77), Keyta (Veynaldum, 66), Mane, Firmino, Saloh (Shakiri, 89).
Chelsi: Arrisabalaga, Emerson, David Luiz, Aspilikueta, Ryudiger (Kristensen, 40), Azar, Loftus-Chik (Barkli, 75), Villian, Jorjino, Xadson-Odoi (Iguain, 56), Kante.
Mavzuga oid
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
21:21 / 16.03.2026