Jamiyat | 09:47 / 16.04.2019
9248
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi 

Foto: UNIAN

Toshkentdagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatiladi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.

Xususan, Olmazor tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi quvurlari  ta'mirlanishi munosabati bilan 17 aprel soat 9:00 dan 18 aprel soat 12:00 gacha suv ta'minoti to‘xtatiladi:

— “Xonchorbog‘” mahallasida;
— “Qorasaroy” mahallasida;
— “Xasti imom” mahallasida;
— “Hazrati Imom” majmuasida;
— “Namuna” mahallasida;
— Mirpo‘latov ko‘chasida;
— Shimoliy Olmazor ko‘chasida;
—  2 tug‘ruq majmuasida.
 
Shuningdek, 17 aprel 23:00 dan 18 aprel 05:00 gacha yana bir necha mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

— Mirzo G‘olib mahallasida;
— “Chig‘atoy Oqtepa” mahallasida;
— “Universitet” mahallasida;
— “Shifokorlar” mahallasida.
 
“Suvsoz” DUK keltiriladigan noqulaylik uchun uzr so‘raydi”, - deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid