Zelenskiyning reytingi Poroshenkonikidan 47 foiz ko‘proqni tashkil qilmoqda
Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Zelenskiy prezident saylovlarining hal qiluvchi 2-bosqichi arafasida o‘z raqibi – amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni qo‘llab-quvvatlanish reytingi bo‘yicha 47 foizga ortda qoldirmoqda. Bundan Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
9-14 aprel kunlari o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Zelenskiyni respondentlarning 72,2 foizi, Poroshenkoni 25,4 foizi qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Respondentlardan 2,4 foizi esa saylov uchastkalariga kelib, saylov byulletenlarini yaroqsiz holga keltirishlarini aytishgan.
So‘rovnomada Ukrainaning 129 ta aholi punktidan 2004 kishi ishtirok etgan. Xatolik 3,3 foizni tashkil qiladi.
Joriy so‘rovnoma natijalarining bundan bir hafta oldin “Reyting” ijtimoiy guruhi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari bilan taqqoslanishi Zelenskiyning o‘tgan kunlar ichida reytingi oshgani, Poroshenkoni qo‘llab-quvvatlovchilar soni kamayganini ko‘rsatgan. O‘sha reytingda respondentlarning 71 foizi Zelenskiyga, 29 foizi esa Poroshenkoga ovozini bermoqchiligi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:25 / 03.10.2024
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 280 dan ortiq nomzod ilgari surildi. Ular orasida Navalniy ham bor
10:30 / 28.09.2024
Tramp: Putin ham, Zelenskiy ham urushni tugatmoqchi
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
17:43 / 27.09.2024