Sport | 14:58 / 17.04.2019
16755
1 daqiqa o‘qiladi

Kichik Krishtianu Ronaldu septa-trik muallifi bo‘ldi

Foto: Alexander Hassenstein – FIFA/FIFA via Getty Images

«Yuventus» U19 jamoasi a'zosi kichik Krishtianu Ronaldu Medeyradagi xalqaro turnirda yuqori mahsuldorlik namoyish etmoqda.

«Byankoneri» yoshlari musobaqadagi ilk o‘yinda «Maritimu Xitoy» jamoasini 25:0 hisobida yengishdi, gollardan 7tasiga tanaffusga qadar Ronalduning o‘g‘li mualliflik qildi. Jamoa ikkinchi bahsda «Kamachi» bilan kuch sinashib, 15:1 hisobida g‘alaba qozondi, kichik Krishtianu bu safar 5 marta darvozani aniq nishonga oldi.

AS`ning qayd etishicha, 7-raqam egasi gollarini otasiga taqlid qilgan holda nishonlangan. O‘yindan keyin bolalar 33 yoshli portugaliyalik futbolchining shaxsiy buyumlari saqlanadigan muzeyga borishgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 yoshli kichik Krishtianu Ronaldu Turinga otasi bilan 2018 yil yozida ko‘chib kelib, «Yuventus» akademiyasiga qabul qilingandi. 

Mavzuga oid