Portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronalduning öğli Kiçik Kriştianu Ronaldu otasiga xos uslubda amalga oşirilgan çiroyli gol muallifiga aylandi. 6 yoşli bolakay öz tengqurlari bilan futbol uçraşuvida jarima zarbasini otasiga xos tarzda bajarib, raqib darvozasini işğol qila oldi. Kiçik Kriştianuning bu goli videosini Ronalduning özi Instagram’da joylaştirdi.

"Özimning jajji erkagim bilan faxrlanaman. Qanday gol!", deb öz quvonçini yaşira olmagan maşhur futbolçi.

Videodan körinişiça, uçraşuv epizodlaridan birida Kiçik Ronaldu raqib jamoa futbolçilari tomondan yiqitilgan. Uşbu qoidabuzarlik uçun belgilangan jarima zarbasini bolakayning özi bajarişga qaror qilgan. U otasi kabi, jarima zarbasi beriladigan nuqtadan bir neça qadam ortga taşlab, oyoqlarini keng oçgança zarbaga tayyorgarlik körgan va töpni bexato darvozaga yöllagan. 

Ta'kidlaş joizki, Ronalduning öğli ikki yildan beri futbol bilan şuğullanadi va otasi izidan boradigan körinadi.