Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning o‘g‘li Portugaliya U16 jamoasi safida ilk golini urdi
Kichik Krishtianu Ronaldu Turkiyadagi turnirda Uels jamoasiga qarshi bahsda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Kichik Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning 16 yoshgacha o‘smirlar terma jamoasi tarkibidagi ilk golini kiritdi.
15 yoshli hujumchi Turkiyada o‘tayotgan Federation Cup musobaqasida Uelsga qarshi o‘yinning 42-daqiqasida gol urdi. Portugaliya 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, kichik Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushib, 62 daqiqa o‘ynadi.
Payshanba, 30 oktyabr kuni kichik Ronaldu Portugaliya U16 tarkibida Turkiyaga qarshi bahsda (2:0) debyut qilgan edi.
May oyida esa u Portugaliyaning 15 yoshgacha o‘smirlar terma jamoasi tarkibida ilk bor o‘ynab, gol ham urgan.
Kichik Ronaldu Saudiyaning «An-Nasr» klubi o‘smirlar jamoasida to‘p suradi. Uning otasi, 40 yoshli Krishtianu Ronaldu — besh karra «Oltin to‘p» sohibi — 2023 yildan beri «An-Nasr»da o‘ynaydi. Portugaliya milliy termasi safida hujumchi rekord — 225 ta o‘yin va 143 ta gol — qayd etgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026