O‘zbekiston | 14:21 / 18.04.2019
22845
1 daqiqa o‘qiladi

Airbus kompaniyasi O‘zbekistonga 34 dona vertolyot yetkazib bermoqchi

Foto: Wikipedia

17 aprel kuni Airbus fransuz havo uchoqlari kompaniyasi O‘zbekistonni 34 dona vertolyot bilan ta'minlash haqida kelishuv shartnomasini imzoladi. Bu haqida Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirining davlat kotibi Jan Batist Lemuan Toshkentda o‘tgan brifingda xabar bergan.  

«Olmaxon» (Écureuil) modelidagi bir dvigatelli yengil vertolyotlar tez yordam va tibbiy evakuatsiya uchun yo‘naltiriladi.

Ma'lumot uchun, fransiyalik diplomat iqtisodiy hamkorlik kelishuvlarini tuzish uchun 15 – 20 aprel kunlari O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘ladi.

Lemuan O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent viloyatidagi Chorvoq GESiga ham tashrif buyurgan. Fransiya taraqqiyot agentligi Chorvoq GESini modernizatsiyalash uchun jami 73 million yevro miqdoridagi loyihaga investitsiya kiritadi.

Mavzuga oid