Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg dunyodagi eng «baxtli» va «baxsiz» iqtisodiyotlarni ma'lum qildi
Foto: Ariana Cubillos/AP
Bloomberg dunyodagi eng «baxsiz» iqtisodiyotlarning yangi reytingini e'lon qildi (Misery Index). Reytingga kiritish sababi - kuchli inflatsiyaning yuqori ishsizlik darajasi bilan bog‘liq ekani. Agentlik taxminicha, aynan shu uyg‘unlik hayot darajasini keskin pasaytiradi.
Birinchi o‘rinni Venesuela egalladi, bu yerda, prognozlarga ko‘ra, 2019 yilda inflatsiya 8 million foizdan oshadi. Ikkinchi o‘rinni Argentina egalladi, uchinchi o‘rinda - JAR. Shuningdek, ilk o‘nlikdan Turkiya, Gretsiya, Ukraina, Urugvay, Braziliya, Ispaniya, Saudiya Arabistoni va Serbiya joy oldi.

Bloomberg’ning qayd etishicha, ushbu mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va «narxlarni ushlab turish hamda odamlarni ishga qaytarish bo‘yicha katta o‘zgarishlarni» namoyish etmayapti.
Past inflatsiya kam ishsizlik darajasi bilan uyg‘un bo‘lgan, dunyodagi eng «baxtli» iqtisodiyot deb yana bir bor Tailand tan olindi. Shveytsariya ikkinchi, Yaponiya uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘nlikka Singapur, Tayvan, Malayziya, Chexiya, Gonkong, Isroil va Janubiy Koreya kirgan.

Mavzuga oid
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
17:06 / 18.04.2026
Eron urushi ta’siri va naqdsiz to‘lov mantiqsizliklari - Behzod Hoshimov bilan suhbat
08:04 / 04.04.2026
Eng yirik iqtisodiyotlarda aholi jon boshiga YaIM o‘sishi - infografika
07:20 / 27.03.2026