Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peruning o‘z joniga qasd qilishga uringan sobiq prezidenti vafot etdi
Foto: IVAN ALVARADO / REUTERS
17 aprelda hibsga olinishi vaqtida o‘z bo‘yniga o‘q uzgan Peruning sobiq prezidenti Alan Garsiya shifoxonada o‘ziga kelmay vafot etdi. 70 yoshli Garsiya o‘z joniga qasd qilishga urinishdan keyin og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgandi.
Shifokorlar Garsiya koma holatida ekanligi, uning yuragi uch marta to‘xtab qolgani va jonlantirish olib borilganini ma'lum qilishgan.
Telesur nashrining ma'lum qilishicha, sobiq prezident hushiga kelmay vafot etgan.
Garsiya Peru prezidenti lavozimini 2 marotaba – 1985-1990 va 2006-2011 yillarda egallagan. Unga prezidentligi vaqtida Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasidan pora olish ayblovi qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
20:44 / 04.07.2025
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi
17:50 / 16.04.2025
Peru sobiq prezidenti pul yuvishda ayblanib 15 yilga qamaldi
18:20 / 16.03.2025