Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor velosport bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
23-28 aprel kunlari O‘zbekistonda ilk bor velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Kun.uz’ga ma'lum qilinishicha, poygalarda 32 mamlakatdan 460 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi.
Osiyoning kuchli sportchilari va velopoygachilar guruhlari qit'aning eng yaxshi velopoygachilari nomi uchun kurash olib borishadi, shuningdek, 2020 yilda Tokioda bo‘ladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun ham o‘zaro raqobatlashishadi.
Musobaqaga tantanali start berish marosimi Toshkent shahridagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi va Toshkent-G‘azalkent-Chimyon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Osiyo Chempionatida o‘z jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!”, - deyiladi manbada.
Chempionat doirasida, shuningdek, Osiyo velosport konfederatsiyasi kongressi va Butunjahon velosportchilar federatsiyasi raisi David Laparte va Osiyo velosport konfederatsiyasi raisi Osama Al-Shafar ishtirokidagi Antidoping bo‘yicha seminar ham bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
11:57 / 28.02.2025
Velosport. 17 yoshli Samira Ismoilova – jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi
12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi
15:20 / 12.02.2025