Velotrek böyiça Osiyo çempionatining sönggi kuni doirasida terma jamoamiz a’zosi Samira Ismoilova yoş qizlar örtasidagi individual ta’qib dasturida eng yaxşi natijani qayd etgan holda oltin medalga ega çiqqan edi. Hamyurtimiz mazkur dasturdagi natijasi orqali Özbekiston, Osiyo va Jahon rekordini örnatişning uddasidan çiqdi. Ismoilova individual ta’qib dasturida 3:46.800 vaqtda marrani kesib ötdi.

Bu esa USI xalqaro komissari Ueyn Romario tomonidan rekord sifatida tasdiqlandi. Endi yoş qizlar örtasidagi individual ta’qib dasturida jahon va Osiyo rekordi 17 yoşli sportçimiz — Samira Ismoilovaga tegişli.
Xalqaro ekspert va mutaxassislarning fikriga köra, Samira Ismoilova Osiyo çempionatining yangi kaşfiyoti bölgan.

Şu örinda, milliy terma jamoa a’zosi Dmitriy Boçarov, 23 fevralda erkaklar orasida trekning skretç yönalişida bölib ötgan musobaqada amaldagi jahon çempioni Kazuşige Kuboki ustidan ğalaba qozonib oltin medalni egallagani barça sport ekspertlari qatorida velosport ixlosmandlarini ham lol qoldirdi.
Mazkur ğalaba trekning Man Elite kategoriyasida özbek velosporti tarixida 1991 yildan buyon ilk bor erişilgan ğalaba böldi.

Velosport milliy terma jamoasi 2025 yildagi Osiyo çempionatlarida jami 8ta medalni qölga kiritgan bölsa, şulardan 3 tasi oltin medal, qolganlari bronza medallar böldi:
- Yoşlar örtasida: Samira Ismoilova oçkolar böyiça guruh poyga – bronza;
- Yoşlar örtasida: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, tandem medison – bronza;
- Kattalar orasida: Asal Rizayeva va Nafosat Koziyeva, tandem medison – bronza;
- Kattalar orasida: Nafosat Koziyeva, omnium – bronza;
- Kattalar orasida: Nafosat Koziyeva, oçkolar böyiça guruh poyga – bronza.
«Sportçilarning tayyorgarlik olib borişida, öquv-yiğin maşğulotlarini ötkazişdagi eng zamonaviy texnologiya va qurilmalardan foydalanişni yölga qöyiş hamda eng asosiysi xorijiy (Italiya, Germaniya) mutaxassislar va murabbiylarni dunyo velosporti talablariga mos ravişda tanlab işga jalb qilinişi 2025 yilgi mavsum doirasida bölib ötgan Osiyo çempionatida öz natijalarini yaqqol körsatdi», - deyiladi Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi xabarida.












