Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belorussiya sifatsiz neft uchun Rossiyadan kompensatsiya talab qilmoqchi
Belorussiya "Transneft" vakillari bilan Rossiyadan sifatsiz neft yetkazilishi oqibatlarini muhokama qilmoqda, deb ma'lum qildi "Belneftexim" davlat konserni raisi Andrey Ribakov.
"Belorus tomoni kompensatsion mexanizmlar ishlab chiqilishini talab qiladi", - deya Ribakovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sputnik Belarus.
Juma kuni "Belneftexim" Rossiyaning "Gomeltransneft Drujba" magistral neft quvuri orqali keladigan Urals eksport aralashmasi sifati keskin yomonlashganini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, quvur orqali "tarkibida xloroorganik birikmalar bo‘lgan neft kelmoqda", uning miqdori me'yordagidan bir necha o‘n baravarga ko‘p.
"Belneftexim" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tarkiida bunday birikmalar bo‘lgan neft qimmatbaho katalizator tizimini ishdan chiqaradi.
"Uni ta'mirlash yarim yildan ko‘proq vaqtni talab qiladi. Pul bilan ifodalaydigan bo‘lsak, bu kamida o‘nlab million dollar degani", - deb ta'kidladi u.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026