O‘zbekiston | 20:20 / 21.04.2019
8142
2 daqiqa o‘qiladi

Elyor G‘aniyev AQSh Savdo vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

16-17 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan AQShda bo‘ldi.

TIV matbuot xizmati xabar berishicha, tashrif doirasida Elyor G‘aniyev AQSh Savdo vaziri Uilbur Ross bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda Uilbur Rossning 2018 yilning oktabr oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni qayta ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqani, ikki tomonlama kun tartibining barcha sohalarida taraqqiyot kuzatilayotgani, savdo va sarmoyaviy sohadagi hamkorlik alohida rivojlangani, O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yilda deyarli ikki baravar ko‘payib, qo‘shma korxonalar soni ortgani ta'kidlangan.

Foto: O‘zbekiston TIV

Uchrashuvda shuningdek, bir qator muhim qo‘shma tadbirlar, jumladan, 16-17 may kunlari Navoiydagi yirik biznes-forum, 18-20 iyun kunlari AQSh Savdo Vazirligining «sertifikatlangan savdo missiyasi» va 21-22 oktyabrdagi yillik O‘zbekiston—Amerikaning biznes-forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan.

Mavzuga oid