Poroshenko saylovlardagi mag‘lubiyatini tan oldi
Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko saylovlarda mag‘lub bo‘lganini tan oldi.
Poroshenkoning aytishicha, ekzit-pol natijalari kundek ravshandir. U saylovlar bo‘yicha raqibi Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan tabriklashini aytgan.
Ukraina prezidenti o‘z jamoasini “hech qachon taslim bo‘lmaslikka” chaqirgan. “Do‘stlar, siz eng yaxshisisiz”, deb aytgan Poroshenko o‘z tarafdorlari va jamoasiga murojaatida.
“Jamoamning aziz a'zolari, aziz yurtdoshlar, OAV xodimlari, hech qachon taslim bo‘lmang. Hech qachon, hech qachon, hech qachon. Katta narsada ham, kichigida ham taslim bo‘lmang”, deb aytgan Poroshenko va bu so‘zlar Uinston Cherchillga tegishli ekanini aytib o‘tgan.
Avvalroq dastlabki rasmiy ekzit-pol ma'lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy 70 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, saylovlarda g‘olib bo‘lgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
07:54 / 14.06.2023
Toshkentda YeXHT DIIHB missiyasining saylovlarni kuzatish bo‘yicha ofisi ochildi
08:16 / 12.06.2023
Chernogoriyadagi saylovlarda yevropaparast partiya yetakchilik qilmoqda
11:17 / 10.06.2023