Moldovaning hukmron "Harakat va birdamlik" partiyasi (PAS) saylov byulletenlarining qariyb 98 foizi qayta ishlangach, 49,56 foiz ovoz olib parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Moldova Markaziy saylov komissiyasi bu raqamlarni 28 sentabr, yakshanba kuni kechqurun e’lon qildi.
Eng yaqin raqib – Vatanparvarlar bloki bo‘lib, u 24,56 foiz ovoz olgan. "Muqobil" bloki 8,07 foiz ovoz oldi. Belsi shahrining sobiq meri Renato Usatiy boshchiligidagi "Bizning partiya" 6,25 foiz ovoz olgan bo‘lsa, yevropaparast «Demokratiya uyda» siyosiy kuchi 5,66 foiz ovoz yig‘di.
Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, saylovchilarning 52,1 foizi ishtirok etgan. Saylovda 1,6 milliondan ortiq kishi qatnashdi, jumladan, 264 ming nafari xorijdagi saylov uchastkalarida.











