Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook 5 milliard dollarlik jarima to‘lashga tayyorlanmoqda
Foto: EPA
AQShning savdo bo‘yicha federal komissiyasi (FTC) Facebook kompaniyasini maxfiylik shartlarini buzgani uchun 5 mlrd dollargacha jarimaga tortishi mumkin. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Kompaniya o‘zining choraklik moliyaviy hisobotida aynan shu qiymatni ko‘rsatgan va FTC’ning joriy tergovi bo‘yicha xarajatlarni 3 mlrd dollardan 5 mlrd dollargacha baholagan.
Ta'kidlanishicha, Facebook va FTC kompaniyani shaxsiy hayot daxlsizligi haqidagi kelishuvni buzganlikda 2011 yilda bildirilgan ayblovlar bo‘yicha moliyaviy jazolash yuzasidan bir necha oy davomida muzokaralar olib borgan.
2011 yilda kompaniya foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar maxfiyligini saqlash uchun bir qator choralar ko‘rishga va'da bergan.
Bundan tashqari, kompaniya 2018 yilda foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarga tegishlicha munosabatda bo‘lmaslik, jumladan ularning Cambridge Analytica kompaniyasiga berishi bo‘yicha yana tanqidga uchragan.
Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 87 mln foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni qonunga zid ravishda yig‘ib, ularni uchinchi shaxslarga bergan.
Facebook rahbari Mark Tsukerberg AQSh kongressi va Yevroparlamentda ushbu xatoni tan olgan va uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
10:55 / 13.11.2025
Toshkent shahri va viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
14:47 / 10.11.2025
Markaziy bank 18 ta bankni 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
11:32 / 03.11.2025