AQŞning savdo böyiça federal komissiyasi (FTC) Facebook kompaniyasini maxfiylik şartlarini buzgani uçun 5 mlrd dollargaça jarimaga tortişi mumkin. Bu haqda The New York Times naşri xabar berdi. 

Kompaniya özining çoraklik moliyaviy hisobotida aynan şu qiymatni körsatgan va FTC’ning joriy tergovi böyiça xarajatlarni 3 mlrd dollardan 5 mlrd dollargaça baholagan.

Ta'kidlanişiça, Facebook va FTC kompaniyani şaxsiy hayot daxlsizligi haqidagi kelişuvni buzganlikda 2011 yilda bildirilgan ayblovlar böyiça moliyaviy jazolaş yuzasidan bir neça oy davomida muzokaralar olib borgan.

2011 yilda kompaniya foydalanuvçilari haqidagi ma'lumotlar maxfiyligini saqlaş uçun bir qator çoralar körişga va'da bergan.

Bundan taşqari, kompaniya 2018 yilda foydalanuvçilar haqidagi ma'lumotlarga tegişliça munosabatda bölmaslik, jumladan ularning Cambridge Analytica kompaniyasiga berişi böyiça yana tanqidga uçragan. 

Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmoğining 87 mln foydalanuvçisi haqidagi ma'lumotlarni qonunga zid ravişda yiğib, ularni uçinçi şaxslarga bergan.   

Facebook rahbari Mark Tsukerberg AQŞ kongressi va Yevroparlamentda uşbu xatoni tan olgan va uzr söragan.