Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov O‘zbekistonga keladi. Uni Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2-3 may kunlari Toshkentga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi. Bu haqda TASS Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga tayangan holda xabar bermoqda.
«2-3 may kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga amaliy tashrif bilan boradi, - dedi u. - 2 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan qabul qilinadi, ushbu davlat tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkaziladi».
«Keng ko‘lamli kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqiladi, ularga 2018 yil 18-19 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi», - dedi Zaxarova.
Bundan tashqari, diplomatning xabar berishicha, Lavrov O‘zbekiston rahbariyati bilan Afg‘onistondagi vaziyatni va kelajakdagi istiqbollarni muhokama qiladi. «O‘zaro manfaatli ko‘plab mintaqaviy va xalqaro masalalar ko‘rib chiqilishi kerak, - dedi Zaxarova. - Qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e'tibor qaratiladi».
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026